Ekologiyaga oid dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish jarayoni boshlandi — barcha fuqarolar o‘z taklif va mulohazalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
- 27.01.2026
- 91
Jamoatchilik e’tiboriga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor islohotlarni amalga oshirish va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 2026-yildagi ijrosini ta’minlashga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi taqdim etildi.
Hujjatda asosiy islohotlar yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, normativ-huquqiy asoslar va ijro nazoratini ta’minlash mexanizmlari bayon etilgan. Muhim e’tibor ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, hududlarda “yashil” texnikumlarni tashkil etish hamda eskirgan transport vositalarini utilizatsiya qilish va ularning qismlarini qayta ishlashga qaratilgan.
Loyiha 23-yanvardan 1-fevralgacha uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Fuqarolar va ekspertlar o‘z taklif va mulohazalarini shu platformalar orqali taqdim etishlari mumkin.
English