Green University talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif amalga oshirildi.

  • 06.03.2026
  • 15

Green University talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida talabalar texnoparkning innovatsion infratuzilmasi, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, zamonaviy laboratoriyalari hamda texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasidagi yirik innovatsion markazlardan biri — “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, mazkur texnopark bazasida “Green Eco Lab” laboratoriyasini tashkil etish hamda ushbu laboratoriya orqali talabalarga ekologik startap loyihalarini ishlab chiqish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari o‘rganildi.
Ushbu tashrif talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ekologik startap loyihalarni shakllantirish hamda universitet va innovatsion texnoparklar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.