Green University’da Yosh tadqiqotchilar forumi boʻlib oʻtdi

  • 05.03.2026
  • 355

4-mart kuni Green University’da Yosh tadqiqotchilar forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tarixiy manbalarga tayangan holda tabiiy resurslarni asrash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi.Forum Oʻzbekiston Ekologik partiyasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamkorligida o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy xodimlar va ekologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.Forumning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari, partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzaev hamda Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatov so‘zga chiqib, yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ekologik tafakkurni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti vakili Adham Ashirov tarixiy meros va ekologik qadriyatlar mavzusida, universitet dotsenti Komil Buxorov sog‘lom turmush tarzi va oila institutining tarixiy asoslari yuzasidan, Respublika Yosh olimlar kengashi a’zosi Zulayho Zarfullaeva esa yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishning ilmiy va amaliy mexanizmlari haqida ma’ruza qildi.Forum yakunida o‘n nafar yosh tadqiqotchi o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etdi. Eng munosib loyihalar “Eng yaxshi ilmiy ish”, “Eng yaxshi ekologik g‘oya” hamda “Eng dolzarb tarixiy tahlil” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.Tadbir yoshlarning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, tajriba almashish va ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiluvchi samarali muloqot maydoniga aylandi.

Republic of Uzbekistan

35 years of State Independence

United homeland, united people — we create a new life and future!

Independence is our freedom, our dignity, and the path to a green, sustainable future for the next generations. The Green University community celebrates this historic day with pride and gratitude.

Dear compatriots! Happy Independence Day! We wish you peace, progress, and a greener future!

Mustaqillik 35 portal

Visit the official portal for events, news, and regional programmes dedicated to the 35th anniversary of Independence.

Go to mustaqillik35.uz
#INDEPENDENCE35