Talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurash va giyohvandlik profilaktikasi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

  • 09.02.2026
  • 399

Talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurash va giyohvandlik profilaktikasi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati
Ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot ishlari doirasida talabalar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash — qonun ustuvorligi va taraqqiyot garovi” hamda “Giyohvandlikning oldini olish: profilaktika va mas’uliyat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari — Navruzbek Yusupov hamda Oybek Yuldashev ishtirok etdilar. Deputatlar o‘z chiqishlarida korrupsiyaga qarshi kurashish qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish hamda barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish adolatli jamiyat qurishning asosiy shartlaridan biri ekani qayd etildi.
Ikkinchi mavzu doirasida Toshkent tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimi, podpolkovnik Farid Xamitov ma’ruza qildi. Ma’ruzada giyohvandlikning kelib chiqish sabablari, uning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida profilaktika choralari batafsil yoritildi. Ayniqsa, shaxsiy mas’uliyat, huquqiy madaniyat, oila va ta’lim muassasalarining huquqbuzarliklarning oldini olishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va fikr almashdilar. Tadbir yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda zamonaviy ijtimoiy muammolar bo‘yicha xabardorligini oshirishga xizmat qildi.

Republic of Uzbekistan

35 years of State Independence

United homeland, united people — we create a new life and future!

Independence is our freedom, our dignity, and the path to a green, sustainable future for the next generations. The Green University community celebrates this historic day with pride and gratitude.

Dear compatriots! Happy Independence Day! We wish you peace, progress, and a greener future!

Mustaqillik 35 portal

Visit the official portal for events, news, and regional programmes dedicated to the 35th anniversary of Independence.

Go to mustaqillik35.uz
#INDEPENDENCE35