Green University’da “Yoshlar kuni” munosabati bilan rektor va talabalar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • 27.02.2026
  • 466

Green University’da “Yoshlar kuni” munosabati bilan rektor va talabalar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalariga bag‘ishlangan muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Green University tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2026-yil 26-fevral kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan Universitetda rektor, texnika fanlari doktori, professor Baxtiyor Pulatov hamda talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vakili Elyor Norpulatov ham ishtirok etib, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Agentlik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlarga oid davlat siyosatini universitet miqyosida samarali amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Muloqot davomida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar o‘rganilib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilab olindi. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, iqtidorli talabalarni har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Green University jamoasi Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni so‘zsiz va sifatli ijro etish, yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ish olib borishini ma’lum qiladi.

Republic of Uzbekistan

35 years of State Independence

United homeland, united people — we create a new life and future!

Independence is our freedom, our dignity, and the path to a green, sustainable future for the next generations. The Green University community celebrates this historic day with pride and gratitude.

Dear compatriots! Happy Independence Day! We wish you peace, progress, and a greener future!

Mustaqillik 35 portal

Visit the official portal for events, news, and regional programmes dedicated to the 35th anniversary of Independence.

Go to mustaqillik35.uz
#INDEPENDENCE35