Green University’da Jahon Banki delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

  • 03.03.2026
  • 345

Green University’da Jahon Banki delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Green University'da Jahon Banki delegatsiyasi bilan atrof-muhit boshqaruvi va barqaror rivojlanish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Atrof-muhitga ta'sirni baholash (EIA) toʻgʻrisidagi qonunchilikni ilgari surish, Salohiyatni oshirish dasturi (CBP)ni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash hamda professional kompetensiyalar va institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan Taʼlim markazini tashkil etish masalalari oʻrin oldi.

Jahon banki delegatsiyasi tarkibida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha Ekologik va ijtimoiy asoslar amaliyoti menejeri Sanjay Srivastava, ijtimoiy rivojlanish boʻyicha katta mutaxassis Harjot Kaur, atrof-muhit boʻyicha katta mutaxassislar Gaurav Dilipkumar Joshi va Gulana Hajiyeva.

Uchrashuvga texnika fanlari doktori, professor, Green University rektori Bxtiyor Pulatov raislik qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar institutsional salohiyatni mustahkamlash, milliy ekologik meʼyoriy-huquqiy bazani xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda akademik va texnik hamkorlikni kengaytirish muhimligini alohida taʼkidladilar. Uchrashuv yakunida tomonlar barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi tashabbuslarni strategik hamkorlik va tajriba almashish orqali izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Republic of Uzbekistan

35 years of State Independence

United homeland, united people — we create a new life and future!

Independence is our freedom, our dignity, and the path to a green, sustainable future for the next generations. The Green University community celebrates this historic day with pride and gratitude.

Dear compatriots! Happy Independence Day! We wish you peace, progress, and a greener future!

Mustaqillik 35 portal

Visit the official portal for events, news, and regional programmes dedicated to the 35th anniversary of Independence.

Go to mustaqillik35.uz
#INDEPENDENCE35