Green Universityda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
- 28.01.2026
- 90
Green Universityda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2026-yil 27-yanvar kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da Toshkent tuman hokimiyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti Azamat Sottorovich Nazarov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda talaba yoshlar va universitet mas’ullari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarning savol va fikrlari tinglandi, dolzarb muammolarga yechim topish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yoshlar o‘rtasida bilim va ma’rifatning ahamiyatini oshirish, ijtimoiy masalalarga faollik bilan yondashishni rag‘batlantirishga qaratilgan
English