Green University’da ekologik va ijtimoiy standartlar bo‘yicha trening boshlandi
- 10.06.2026
- 21
2026-yil 9-iyun kuni Green University Jahon banki va Smart Eco konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda pilot Trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturini rasman boshladi.
Mazkur trening Jahon bankining Ekologik va ijtimoiy asoslar tizimi (ESF) tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda va xalqaro ilg‘or tajribalar asosida ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash (ESIA) bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan.
Treningda 33 nafar ishtirokchi, jumladan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi vakillari, Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi mutaxassislari, Green University professor-o‘qituvchilari hamda amaliyotchi ekolog mutaxassislar ishtirok etdi.
Trening xalqaro ekologik va ijtimoiy standartlar bo‘yicha ekspertlar tomonidan olib borilmoqda hamda ESIA jarayonlari, manfaatdor tomonlar bilan ishlash, shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari, bioxilma-xillik, madaniy meros va iqlim bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.
Ushbu tashabbus Jahon banki ESF standartlarini milliy ta’lim va kasbiy tayyorlov tizimiga integratsiya qilish hamda Green University’ning bakalavriat, magistratura va sertifikatlash dasturlarini yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
English
O'zbek




