"Green University"da deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi

  • 17.01.2026
  • 146

"Green University"da deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida ("Green University") O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev, "Green University" rektori Baxtiyor Pulatov, universitet tizim tashkilotlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar universitet faoliyati, ta'lim tizimi, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, laboratoriyalarda olib borilayotgan ishlar va boshqa muhim jarayonlar bilan tanishishdi. Shuningdek, universitet va tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Qonunchilik palatasi Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida to'xtalib o'tildi. Shu bilan birga, "Green University" tomonidan 2025-yilda qilingan ishlar, ilmiy tadqiqotlar, ta'lim sohasini yanada takomillashtirish borasida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorliklar, chet elda tahsil olish va malaka oshirish borasida erishilgan natijalar haqida ham ma'lumot berildi. Yakunda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.