Green University’da davlat ekologik nazorat bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda

  • 28.01.2026
  • 80

Green University’da davlat ekologik nazorat bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 21-yanvardagi 27-son buyrug‘i ijrosi doirasida davlat ekologik inspektorlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, Green University’da o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, tekshiruvlar o‘tkazish hamda natijalar bo‘yicha hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan.
Dastlabki bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalaridan 70 nafar inspektor ishtirok etmoqda. Dastur doirasida ekologik qonunchilik, nazorat tartiblari, tekshiruvlarni rasmiylashtirish, ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy bilimlar berilmoqda.
Kelgusida bunday kurslarni hududlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan.