Green University’da CITES bo‘yicha seminar-trening va ekologik hamkorlik muhokamasi o‘tkazildi

  • 12.03.2026
  • 11

Green University’da CITES bo‘yicha seminar-trening va ekologik hamkorlik muhokamasi o‘tkazildi
2026 yil 12 mart kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da seminar va fokus-guruhlar o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyoda CITESni amalga oshirish, huquqni qo‘llash va yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va almashishni rivojlantirishga qaratildi.
Tadbirda quyidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi:
-O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
-O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi
-O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari
-O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
-O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi
-Shuningdek, TRAFFIC tashkiloti va boshqa xalqaro hamkorlar

Tadbirning ochilishida Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatov o‘z nutqi bilan ishtirok etdi. Rektor nutqida bugungi seminar-trening ekologik barqarorlikni ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘lida muhim qadam ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, CITES dasturining xalqaro huquqiy vosita sifatida yovvoyi flora va faunaning noqonuniy savdosini nazorat qilishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.
Rektor seminar-treningni bilim almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mutaxassislarning professional salohiyatini oshirish uchun muhim maydon sifatida baholadi. Green University ekologiya, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga, yosh mutaxassislarni tayyorlashga hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.
Seminar doirasida TRAFFIC, EU GUARD va IUCN loyihalarining taqdimotlari, fokus-guruh muhokamalari va yovvoyi tabiat obyektlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadbir Markaziy Osiyoda ekologik hamkorlikni mustahkamlash va CITES talablarini samarali tatbiq etish bo‘yicha asosiy platforma vazifasini bajardi.