Green University’da buyuk mutafakkirlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
- 12.02.2026
- 9
Green University’da buyuk mutafakkirlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Green University’da “Ikki buyuk siymo – bir buyuk ma’naviyat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘zbek va jahon adabiyoti hamda tafakkur tarixida beqiyos o‘rin tutgan ikki ulug‘ siymo — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-adabiy merosi, ularning insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat hamda yuksak ma’naviyatni targ‘ib etuvchi g‘oyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Suvon Meliev hamda universitet prorektori Shaxriyor Nurulloev ma’ruza bilan ishtirok etib, Navoiy va Bobur merosining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Tadbir interaktiv ruhda o‘tkazilib, talabalarning fikr-mulohazalari, she’riy parchalar va tarixiy manbalardan namunalar bilan boyitildi. Ishtirokchilar ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazish har bir yoshning muhim vazifasi ekanini qayd etdilar.
Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalarga sertifikatlar topshirildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni barkamol shaxs etib tarbiyalash hamda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
English