“Green University” talabalari xalqaro loyihalarda ishtirok etishmoqda!
- 14.01.2026
- 101
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) talabalari Birlashgan Arab Amirliklari Universitetining “SDGs Research Program” doirasida “BMT barqaror rivojlanish maqsadlari ilmiy tadqiqot” dasturi bo‘yicha e’lon qilingan “Bakalavriat talabalari tadqiqotlari orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishida o‘tkazilgan grant loyihalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan edi.
Bugungi kunda “Green University”ning 10 nafar talabasi quyidagi loyihalarda ishtirok etmoqda:
— Barqaror oziq-ovqat innovatsiyasi: oziq-ovqat chiqindilarini probiotik muzqaymoq ishlab chiqarishda mikroblar nanosellyulozasiga biotransformatsiya qilish;
— Atrof-muhit huquqlari va iqlimga chidamlilik: raqamli balandlik modellari, dron-fotogrammetriya va relyef tahlilini SDG maqsadlariga integratsiya qilish;
— Sun’iy intellekt asosidagi aqlli bog‘lar va hikoya qilish texnologiyasi orqali BAA va O‘zbekiston maktablari uchun iqlim va oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha transformativ pedagogika;
— Tijorat sektorida oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish: strukturaviy modellashtirish va fazoviy tahlil yondashuvlari;
— Uy-joylarning issiqlik samaradorligini oshirish: ko‘rsatmalar va termografik sinov protokoli ishlab chiqish.
Ushbu loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar 2026-yil yanvar oyidan boshlanib, 6 oy davom etadi hamda va 2026–2029-yillar davomida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinadi. Shuningdek, natijalarga erishgan loyihalar (2–3 ta Q1 jurnal maqolasi) keyingi yilda yangi SDG (barqaror rivojlanish maqsadlari) loyihasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
English