Green University Italiya oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

  • 10.06.2026
  • 17

2026-yil, 2-iyun kuni, Green Universityda Italiyaning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalari — Trento universiteti, Insubria universiteti, Padua universiteti hamda RENOVUA kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Green University rektori professor Baxtiyor Pulatov va Italiya delegatsiyasi a’zolari ekologik barqarorlik, iqlim o‘zgarishi, ilmiy tadqiqotlar hamda akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida Maqsadlar bayonoti imzolandi. Mazkur hujjat qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ta’lim dasturlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro intilishini ifodalaydi.

Ushbu kelishuv Green Universityning xalqaro akademik hamkorlik geografiyasini kengaytirish va O‘zbekiston hamda Italiya o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.