"Green University" "GreenCamUz" xalqaro loyihasida o‘z ishtirokini boshladi

  • 15.01.2026
  • 87

"Green University" "GreenCamUz" xalqaro loyihasida o‘z ishtirokini boshladi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") Yevropa Ittifoqining "Erasmus+" xalqaro grant dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan "101234907 – GreenCamUz – ERASMUS-EDU-2025-CBHE-STRAND-1" raqamли “Yashil kampus tashabbusi — O‘zbekistondagi oliy ta’limga barqarorlikni integratsiyalash” nomli loyihada o‘z ishtirokini rasman boshladi.

Ma'lumot uchun, mazkur loyiha 2025–2028-yillar davomida amalga oshiriladi va unda O‘zbekistonning jami 12 ta ta'lim muassasasi ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad — ta’limdagi hamkorlar bilan birga kelajakka yo‘naltirilgan, kompetensiyaga asoslangan yondashuvlar orqali barqaror rivojlanish tamoyillarini oliy ta’lim tizimiga, xususan, turli ta’lim dasturlariga tizimli ravishda integratsiya qilishdan iborat. "GreenCamUz" loyihasi orqali oliy ta’lim muassasalarida ekologik mas’uliyatni yanada oshirish, “yashil kampus” konsepsiyasini joriy qilish va barqaror fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash maqsad qilingan.

Ushbu tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining ta’lim sohasida ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi. Loyiha doirasida o‘quvchilar va talabalarning iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar va ularning oqibatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, atrof-muhit hamda inson faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur anglashga yo‘naltirilgan ta’limiy va amaliy faoliyatlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, "GreenCamUz" loyihasi yoshlarning ekologik ongi va mas’uliyatini yuksaltirish, ularni faol fuqarolar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi hamda O‘zbekistonning milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishiga munosib hissa qo‘shadi.