Green University “Yoshlar kuni” tadbirlar dasturi:
- 07.05.2026
- 10
🧠Individual psixologik konsultatsiyalar (qabul ochiq) ⏰09:00-18:00
Talabalar uchun individual psixologik konsultatsiyalar tashkil etilib, unda har bir ishtirokchi o‘zining shaxsiy muammolari, ichki kechinmalari hamda kelajak rejalari yuzasidan mutaxassis bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mas’ul: Nabijonova Muslima, universitet psixologi. 🇬🇧Ingliz tili kursi (ertalabki smena)
⏰Soat 10:00
Mazkur mashg‘ulotlarda talabalar ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Darslar zamonaviy va interaktiv metodlar asosida olib borilib, rolli o‘yinlar, guruhli ishlanmalar hamda kundalik hayotga oid suhbatlar orqali bilimlar mustahkamlanadi.
📚“Jadidlar faoliyatini o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati” mavzusida davra suhbati
⏰Soat 12:00
Mazkur ma’ruzada talabalar jadidchilik harakati, uning tarixiy ahamiyati hamda bugungi kundagi ilmiy-amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Ma’ruzachi: Sherzod Ziyoyev – Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarixchi va siyosatshunos
🎬Premyera: “Amir Temur” filmi namoyishi (2026)
⏰Soat 14:00
Talabalar uchun 2026-yilda suratga olingan “Amir Temur” filmining premyera namoyishi tashkil etiladi. Film davomida buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi donoligi, strategik tafakkuri va tarixdagi o‘rni yoritiladi. Tomoshadan so‘ng talabalar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin.
🏐Ayollar o‘rtasida sport musobaqalari
⏰Soat 16:00
Talaba-qizlar o‘rtasida turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘z jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va sport mahoratini namoyon etadilar. Bellashuvlar sog‘lom raqobat va ko‘tarinki ruhda o‘tkaziladi.
🏃♂️Sport to‘garagi mashg‘ulotlari
⏰Soat 17:30
Talabalar uchun sport to‘garagi doirasida jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar turli sport turlari bilan shug‘ullanish, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
English
