Green University va Universiti Kebangsaan Malaysia akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
- 10.06.2026
- 15
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatov Universiti Kebangsaan Malaysia (UKM) vakillari bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot tashabbuslari, akademik mobillik dasturlari, ilmiy hamkorlik hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ta’lim loyihalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
English
O'zbek


