Green University iqlim ta’limi va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

  • 24.06.2026
  • 21

23-iyun kuni Green University’da xalqaro tashkilotlar vakillari va universitet rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yashil iqlim jamg‘armasining (GCF) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha sub-mintaqaviy rahbari Alexander Gareev hamda BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayad Karman ishtirok etdi.

Tashrif davomida Green University rahbariyati universitetning iqlim siyosati, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda tahliliy yo‘nalishlarini taqdim etdi.

Ishtirokchilar iqlim ta’limi, salohiyatni rivojlantirish, loyihalarni tahliliy qo‘llab-quvvatlash hamda Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF) talablari asosida mutaxassislarning kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim yo‘nalishidagi bilim va tajribalarni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.