O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy–Markaziy Osiyo meteorologik hamkorlik forumida ishtirok etdi.

  • 02.10.2026
  • 30

21–23-sentabr kunlari Xitoyning Urumchi shahrida Ikkinchi Xitoy–Markaziy Osiyo meteorologik hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.


Forumda Green University prorektori Zou Tongqian, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagiIqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori Farrux Sattarov, Gidrometeorologik tadqiqotlar instituti direktori Doniyor Turg‘unov, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyning gidrometeorologiya xizmatlari, Jahon meteorologiya tashkiloti, ilmiy-tadqiqot muassasalari va universitetlar vakillari ishtirok etdi.


Forum doirasidagi Markaziy Osiyo meteorologiya akademik simpoziumida Professor Zou Tongqian “Iqlim o‘zgarishining Orol dengiziga ekologik ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar rivoji” mavzusida ma’ruza qildi. Unda 1960-yildan buyon Orol dengizi ekotizimida yuz bergan o‘zgarishlar, ularning asosiy sabablari, shuningdek, iqlim o‘zgarishining hudud ekologiyasiga ta’siri tahlil qilindi.


Shuningdek, forum davomida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi va Shensi meteorologiya byurosi o‘rtasida MAZU meteorologik erta ogohlantirish tizimini O‘zbekistonda mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlikni boshlash yuzasidan kelishuvga erishildi.


Bundan tashqari, Zou Tongqian Urumchi cho‘l meteorologiyasi institutiga tashrif buyurib, kelgusidagi ilmiy-tadqiqot hamkorligi bo‘yicha muzokaralar olib bordi.


Mazkur forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidameteorologiya, iqlim o‘zgarishi, ilmiy tadqiqotlar hamda ekologik barqarorlik yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.