Green Universityda Orientation Week 2026 doirasida tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi.

  • 28.09.2026
  • 35

Green Universityda masofaviy ta’lim shaklida tahsil oluvchi magistratura va bakalavriat talabalari uchun Orientation Week 2026 dasturi doirasida tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi.


Tadbirlar davomida talabalar universitetning ta’lim jarayoni, akademik imkoniyatlari hamda talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet hududi va infratuzilmasi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Tadbir doirasida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet mas’ullaridan tegishli ma’lumot va tushuntirishlar oldilar.