1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
- 30.09.2026
- 30
Green Universityda 1-oktyabr — "O‘qituvchi va murabbiylar " kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilarni talabalar tomonidan bayramona kutib olish tadbiri tashkil etildi.
Ertalab universitetga tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar talabalar tomonidan samimiy tilaklar, bayramona kayfiyat va yuksak hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.
Talabalar tomonidan ustozlarga gullar va tabriknomalar taqdim etildi. Universitet hududida yangragan yoqimli musiqa sadolari va bayramona muhit ustozlarga iliq kayfiyat ulashdi.
Ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtirom — ilm va ma’rifatga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasidir.
Green Universityda bayramona kun ustozlarni ana shunday samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib olishdan boshlandi.
💐Aziz ustozlar, bayramingiz muborak!
English
O'zbek





