Green University talabalari — EuroBirdwatch 2026 ishtirokchilari.

  • 05.10.2026
  • 42

World Migratory Bird Day — EuroBirdwatch 2026 doirasida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro qushlarni kuzatish tadbirida Green University talabalari faol ishtirok etdi.


O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati ishtirokida tashkil etilgan tadbir qushlarning mavsumiy migratsiyasini kuzatish, o‘rganish hamda ularning tabiiy yashash muhitlarini muhofaza qilishga jamoatchilik e’tiborini qaratishga xizmat qiladi.


Tadbir davomida talabalar migratsiya qiluvchi qushlarning turlari, yashash muhiti va migratsiya yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.


Bu yil EuroBirdwatch tashabbusi 34-marta o‘tkazilmoqda. Uning butun tarixi davomida 1,3 milliondan ortiq kishi ishtirok etib, 107 milliondan ziyod migratsiya qiluvchi qush kuzatilgan.


Yoshlarning bunday ekologik tashabbuslarda faol ishtiroki ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.