Green Universityda “Yoshlar kuni” doirasida debat tashkil etildi.
- 28.09.2026
- 48
Green Universityda “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talabalar ishtirokida debat bellashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli ekologik vaziyat va muammolar yuzasidan o‘z fikrlarini ilgari surib, dalil va misollar asosida o‘z pozitsiyalarini himoya qildilar. Ekologik masalalar talabalar nigohida ikki xil nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilib, mavzular yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
Debat talabalarning tanqidiy va tahliliy fikrlash, muloqot qilish, dalillarni asoslash hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Bellashuv yakunida ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
English
O'zbek




