YXHT Akademiyasi hamda Green University o'rtasidagi akademik hamkorlik kengaytirdi
- 06.04.2026
- 56
Green University Bishkekdagi YXHT Akademiyasi delegatsiyasini qabul qildi. Bu tashrif xalqaro akademik hamkorlik va talabalar almashinuvi imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida amalga oshirildi. Uchrashuvni Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatov rahbarligida o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishning ahamiyatini ta’kidladi. Tashrifning asosiy maqsadi Talabalar almashinuvi (Student Exchange / Mobility) dasturi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish edi. Uchrashuv davomida tomonlar akademik hamkorlik imkoniyatlarini, talabalar almashinuvi va yosh mutaxassislarning professional hamda madaniy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv natijasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolashga kelishib olindi. OSCE Akademiyasi delegatsiyasi Anja Mihr boshchiligida tashrif buyurdi. Muhokamalar xalqaro tajriba yaratish, akademik tarmoqlarni kengaytirish, barqaror rivojlanish va tinchlikni ta’minlash orqali ta’limni qo‘llab-quvvatlash ahamiyatiga qaratildi. Uchrashuvdan so‘ng, Dr. Anja Mihr Green University talabalari uchun Barqaror rivojlanish (Sustainable Development) mavzusida taqdimot o‘tkazdi va global muammolar, barqarorlik prinsiplari hamda yoshlarning ushbu sohada faol ishtirok etish imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berdi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va talabalar uchun xalqaro akademik tajriba yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
English












