Green University'da Yoshlar kuniga bag'ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

  • 07.04.2026
  • 35

Green University’da Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilib, talabalar uchun mazmunli va samarali kun tashkil etildi. Dastur doirasida motivatsiya bo‘yicha trening, mahalliy bolalar uchun ingliz tili mashg‘ulotlari, “Book Brain” loyihasi taqdimoti, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda huquqshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun chiqindilarni boshqarish mavzusida maxsus seminar o‘tkazildi. Kun yakunida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi sport tadbirlari tashkil etildi.