ROSSIYA DELEGATSIYASINING GREEN UNIVERSITY’GA TASHRIFI.

  • 09.10.2026
  • 42

Nijniy Novgorod viloyati O‘rmon xo‘jaligi va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish vazirligi delegatsiyasining tashrifi doirasida Green University’da uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod viloyati O‘rmon xo‘jaligi va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish vaziri R.A. Vorobyov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, o‘rmon resurslarini tiklash va saqlash, o‘rmon yong‘inlarining oldini olish hamda biologik xilma-xillikni asrash yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


Shuningdek, tomonlar ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Mazkur tashrif O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalar uchun muhim qadam bo‘ldi.