Green Universityda O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi.
- 02.10.2026
- 39
Green Universityda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich hamda BMT Taraqqiyot dasturining UNDP O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujii xonim ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlik, ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun universitetning xalqaro professor-o‘qituvchilari “Tabiat himoyachisi”ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya va ilmiy faoliyatdagi munosib xizmatlari e’tirof etilib, ularga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Bayram dasturi davomida talabalar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlar namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Green University jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
English
O'zbek









