Talabalar uchun ilmiy-tadqiqot imkoniyati!

  • 24.09.2026
  • 32

Green Universityda chiqindi o‘simlik moyidan biodizel ishlab chiqarishga qaratilgan amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etish uchun faol va izlanuvchan talabalar taklif etiladi.


Loyihada ishtirok etish uchun nomzod:


Chaqqon, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lishi,

Ingliz tilini yetarli darajada bilishi,

Biodizel, qayta tiklanuvchi energiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlariga qiziqishi,

Laboratoriya mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishga tayyor bo‘lishi kerak.


Mashg‘ulotlar kunning birinchi yarmida olib boriladi.


Ushbu loyiha orqali talabalar amaliy laboratoriya tajribasiga ega bo‘lish, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va barqaror energetika sohasida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


🔗Murojaat uchun:@Abooali. 

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yoʻlidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga oʻtish
#MUSTAQILLIK35