Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan.
- 05.10.2026
- 32
Green University talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bugungi axborot makonida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan radikal va ekstremistik mazmundagi axborotlardan himoyalanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan ongli hamda mas’uliyatli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida media savodxonlikni oshirish, ishonchli va rasmiy manbalardan foydalanish, turli axborotlarni tanqidiy tahlil qilish hamda yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbir yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni turli zararli axborot ta’siridan asrash hamda jamiyatda ma’rifat va sog‘lom fikrlash muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
English
O'zbek



