GREEN UNIVERSITY’DA DUAL TA’LIMNI JORIY ETISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI‼️

  • 21.09.2026
  • 32

📣 Talabalarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.


🗣️ Dual ta’lim — bu bilimni real ish jarayoni bilan bog‘lash, amaliy tajriba orttirish va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatidir.


Ushbu yo‘nalishdagi ishlar Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi doirasida hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda amalga oshirilmoqda.



🤝 Shu maqsadda Nukus davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda dual ta’limni tashkil etish tajribasi o‘rganilmoqda va ilg‘or yondashuvlarni Green University ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Maqsad — bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirgan, zamonaviy mehnat bozoriga tayyor mutaxassislarni tayyorlash.


Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yoʻlidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga oʻtish
#MUSTAQILLIK35