📣 Green University “Yoshlar kuni” tadbirlar dasturi

  • 17.09.2026
  • 19

📚 Psixologik konsultatsiyalar

Soat 09:00–18:00 


Talabalar uchun individual psixologik konsultatsiyalar tashkil etiladi. Stressni boshqarish, o‘ziga ishonch, shaxsiy maqsadlar va muhim hayotiy qarorlar yuzasidan amaliy tavsiyalar beriladi.

Mas’ul: Nabijonova Muslima — universitet psixologi.


🎤Sherzod Ziyoyev bilan uchrashuv va ma’ruza

Soat 13:30

🌍 Mavzu: “Role of International Organizations in Supporting Sustainable Development (A Case Study of the IMF)”

Xalqaro tashkilotlarning barqaror rivojlanishdagi o‘rni va IMF faoliyati haqida ma’ruza hamda fikr almashish.


🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini

Soat 15:00 

Bilim, mantiqiy va tezkor fikrlash hamda jamoaviy hamkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi qiziqarli bellashuv.


🎓Rahbar va talabalar uchrashuvi

Soat 16:00 

Prorektor Babadjanov Atabek Davronbekovich bilan ochiq muloqot. Talabalar o‘z takliflari, tashabbuslari va savollarini bildirishlari mumkin.


🏸Sport mashg‘ulotlari:badminton va stol tennisi

Soat 17:00 

Faol dam olish, sport va do‘stona bellashuvlar!


Aziz talabalar! Sizlarni “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etiladigan foydali va qiziqarli tadbirlarga taklif qilamiz! 



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yoʻlidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga oʻtish
#MUSTAQILLIK35