GREEN UNIVERSITY VAKILI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETDI.
- 17.09.2026
- 38
2026-yil 13–15-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida Pujiang Innovation Forum doirasida Ilmiy ma’lumotlar va sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Forum Xitoyning yetakchi ilmiy va davlat tashkilotlari ishtirokida o‘tkazilib, unda 15 dan ortiq davlat vakillari qatnashdi.
🇺🇿Forumda O‘zbekiston nomidan Green University O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Mansur Omonov ishtirok etdi.
Tadbir davomida sun’iy intellektni rivojlantirishda ilmiy ma’lumotlarning o‘rni, ularni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va xalqaro miqyosda almashish, shuningdek, ilmiy ma’lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida National Scientific Data Center hamda xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi ham o‘tkazildi.
English
O'zbek


