Green University kutubxonasi 100 dan ortiq yangi kitoblar bilan boyitildi.

  • 05.10.2026
  • 48

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Yashilloyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi tomonidan Green University kutubxonasiga 100 dan ortiq nomdagi kitoblar sovg‘a qilindi.


Mazkur tashabbus universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ilmiy, kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, atrof-muhit, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida bilim olishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.


Taqdim etilgan kitoblar orasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish hamda tegishli ilmiy va amaliy yo‘nalishlarga oid adabiyotlar o‘rin olgan.


Kitoblarning universitet kutubxonasiga taqdim etilishi ilmiy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirish, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ekologik yo‘nalishdagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Green University jamoasi mazkur ezgu tashabbus va ilm-ma’rifat rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun “Yashilloyiha” loyihalash instituti davlat muassasasiga o‘z minnatdorligini bildiradi.


📚Ilm va kitob — barqaror kelajak sari muhim qadam!