GREEN UNIVERSITY VA SWISSÔTEL TASHKENT O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.
- 16.10.2026
- 36
Green University va Swissôtel Tashkent o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum doirasida Barqaror turizm va unga turdosh yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda mehmonxona faoliyati misolida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida talabalarni Swissôtel Tashkent mehmonxonasida amaliyotga jalb etish, mehmondo‘stlik sohasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda barqaror turizm tamoyillarini amaliy jarayonlarda o‘rganish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu hamkorlik ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda barqaror turizm sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
English
O'zbek





