Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar!
- 02.10.2026
- 45
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodning kasbiy va insoniy kamolotiga yo‘l ko‘rsatuvchi, uning kelajagiga munosib hissa qo‘shuvchi fidoyi insondir. Ayniqsa, ekologik ta’lim sohasida ustozlarning mas’uliyati beqiyos. Zero, bugungi talaba ertaga tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mas’ul bo‘lgan malakali mutaxassisga aylanadi.
Green Universityda ta’lim va ilm-fanni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda zamonaviy bilim, ilmiy tafakkur hamda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilarimizning bilim va tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni ilm-fanga yo‘naltirish va o‘z bilim hamda tajribangizni ulashish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barcha ustoz va murabbiylarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari doimo sizlarga faxr va quvonch bag‘ishlasin!
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Baxtiyor Alimovich Pulatov
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti Green University rektori, professor.
English
O'zbek
