GREEN UNIVERSITY’DA BIOFIN AKADEMIK MODULI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI.

  • 12.10.2026
  • 36

Green Universityda BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) Biodiversity Finance Initiative (BIOFIN) loyihasi doirasida BIOFIN akademik modulini joriy etish va professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda UNDP vakillari ishtirok etdi.


Seminar davomida BIOFIN akademik modulini universitetda amaliyotga joriy etish, baholash jarayonlari, akademik mas’uliyatlar, modul samaradorligini monitoring qilish hamda uni barqaror amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.


10 ECTS kreditga mo‘ljallangan mazkur modul BIOFIN’ning 2024-yilgi metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, PIR, BER, FNA va BFP kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi.


Tadbir doirasida UNDP tomonidan modulning ilk talabalariga merit-based scholarships ajratilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv imzolandi. Shuningdek, BIOFIN o‘quv qo‘llanmalari Green University kutubxonasiga topshirildi.


BIOFIN akademik modulining joriy etilishi biologik xilma-xillikni moliyalashtirish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.