Green Universityda Yoshlar parlamenti modeli tashkil etiladi.
- 24.09.2026
- 30
Green University hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbir doirasida universitet talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, xususan, xalqaro huquq va qonunchilik yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qonunchilik jarayonlari, xalqaro huquq hamda yoshlarning huquqiy va ijtimoiy jarayonlardagi ishtiroki yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashdilar.
Hamkorlik memorandumi doirasida talabalarning qonunchilik jarayonlari bilan yaqindan tanishishi, huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda yoshlarning ijtimoiy-huquqiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imkoniyatlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
English
O'zbek






