Green Universityda bir guruh professor-o‘qituvchi va xodimlar taqdirlandi.
- 05.10.2026
- 44
Green Universityda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ta’lim va ilm-fan sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, yosh avlodni tarbiyalash, ularga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning mehnati e’tirof etildi.
Quvonarlisi, tadbir doirasida tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator professor-o‘qituvchi va xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur yuksak e’tirof ularning mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivoji hamda yosh avlod kamolotiga qo‘shayotgan munosib hissasining ramziy ifodasidir.
Taqdirlangan barcha ustoz va xodimlarni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ustoz mehnati — kelajak poydevori!
English
O'zbek









