GREEN UNIVERSITYDA XALQARO ILMIY MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA ILMIY SEMINAR O‘TKAZILDI.

  • 19.10.2026
  • 61

Green University Axborot-resurs markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy seminar tashkil etildi.


Seminarda talabalar, magistrantlar, doktorantlar hamda Zoom platformasi orqali ilmiy izlanuvchilar ishtirok etib, xalqaro ilmiy axborot resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Tadbir davomida Web of Science (WoS) va Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari, MyLOFT platformasidan foydalanish imkoniyatlari, dissertatsiyalar uchun bibliografik yozuvlarni shakllantirish hamda Universal o‘nlik klassifikatsiyasi (UO’K) indeksini onlayn olish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


Seminar ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, akademik axborot resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.