TOSHKENTDA XALQARO AGRAR VA IQLIM MULOQOTLARI
- 08.10.2026
- 38
Toshkent shahrida Butunjahon paxta kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiya hamda dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar doirasida turli davlatlarning hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va xususiy sektor vakillari ishtirokida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishining agrar sohaga ta’siri, suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda yashil innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonning agrar sohadagi islohotlari, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida erishilayotgan natijalar hamda ilg‘or tajribalar xalqaro ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
🌱 Xalqaro tadbirlar doirasida “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va ekologik zaiflikni kamaytirish” mavzusiga bag‘ishlangan texnik sessiya ham tashkil etilib, unda global, mintaqaviy, akademik va xususiy sektor vakillari ishtirokida iqlimiy barqarorlikni ta’minlash, ekologik xavflarni kamaytirish hamda innovatsion yechimlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur xalqaro muloqotlar barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni
English
O'zbek






