MARKAZIY OSIYO STRATEG UNIVERSITETARIUMI O‘TKAZILADI.

  • 07.10.2026
  • 41

2026-yil 4–5-noyabr kunlari IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” doirasida “Markaziy Osiyo Strateg Universitetariumi” sessiyasi bo‘lib o‘tadi.


Mazkur tadbir atoqli olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.S. Yuldashev xotirasiga bag‘ishlanadi.


Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Universitetarium tashkilotchilari qatoridan o‘rin olgan.


Sessiya doirasida strategiyalashning nazariyasi, metodologiyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar hamda tematik muhokamalar tashkil etiladi.


📌Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 20-oktyabr

📩E-mail: caus_mse@mail.ru

🖥 Ishtirok shakli: an’anaviy va onlayn


Batafsil ma’lumot: Konferensiyaning rasmiy sahifasi


Ilmiy tadqiqotchilar, akademiklar va ilmiy hamjamiyat vakillarini mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz.