GREEN UNIVERSITYDA “UMUMMILLIY DIKTANT” SAVODXONLIK TADBIRI O‘TKAZILDI.

  • 19.10.2026
  • 52

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Umummilliy diktant” savodxonlik tadbiri tashkil etildi.


Tadbirning asosiy maqsadi davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish, yozma savodxonlikni oshirish hamda o‘zbek adabiy tili me’yorlari va imlo qoidalariga rioya qilish madaniyatini rivojlantirishdan iborat.


Ishtirokchilar diktant yozish orqali o‘zlarining imlo qoidalari, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish va yozma nutq savodxonligi bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.


Diktant natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi 21-oktabr kuni universitetda bo‘lib o‘tadigan bayram tadbirida taqdirlanadi.