
Bu borada Jahon meteorologiya taşkiloti bilan hamkorlikda Toşkentda çang va qum böronlarini monitoring qiliş va prognozlaş böyiça mintaqaviy markaz taşkil etiş, erta ogohlantiriş tizimlarini takomillaştiriş, sun’iy intellekt asosida meteorologik prognozlar sifatini oşiriş kabi taşabbuslar muhim ahamiyatga ega.
Şuningdek, iqlim xavflarini örganiş va havo sifatini monitoring qiliş böyiça xalqaro ilmiy infratuzilmani rivojlantiriş mintaqa uçun işonçli ma’lumotlar bazasini şakllantirişga xizmat qiladi.
Iqlim moliyalaştirişi: mablağdan natijaga
Iqlim özgarişiga qarşi samarali çoralar köriş uçun siyosiy iroda va ilğor texnologiyalar bilan bir qatorda moliyaviy resurslar ham zarur. Ayniqsa, iqlim xavflariga nisbatan zaif bölgan rivojlanayotgan mamlakatlar uçun xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş dolzarb vazifadir.
COP31 doirasida xalqaro iqlim fondlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş masalasiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Özbekiston Global ekologik jamğarma, Yaşil iqlim jamğarmasi va Adaptatsiya jamğarmasi bilan hamkorlikni kengaytiriş, boşqa xalqaro moliyaviy mexanizmlar bilan aloqalarni rivojlantiriş orqali iqlim loyihalari uçun qöşimça resurslar jalb etişga intilmoqda.
Şu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va beşta yirik xalqaro iqlim fondi örtasida «5+5» muloqot platformasini taşkil etiş taşabbusi e’tiborga molik. Uşbu mexanizm investitsiya ustuvorliklarini muvofiqlaştiriş, loyihalarni bir-birini töldiruvçi tarzda amalga oşiriş va moliyaviy resurslardan samarali foydalaniş imkonini berişi mumkin.
Bu yerda asosiy mezon jalb etilgan mablağlar hajmi emas, balki ularning aholi hayotidagi aniq natijasi bölişi lozim. Masalan, qança suv tejaldi, qança yer tiklandi, aholining daromadlari qay darajada oşdi, mahalliy hamjamiyatlarning iqlim xavflariga bardoşliligi qançalik mustahkamlandi — iqlim investitsiyalarining haqiqiy samaradorligi ana şu körsatkiçlar orqali baholanişi kerak.
Özbekiston tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar aynan şunday natijador yondaşuvni şakllantirişga xizmat qiladi.
Iqlim barqarorligini ta’minlaşning muhim şartlaridan biri tabiiy resurslardan oqilona foydalanişdir. Ayniqsa, suv tanqisligi va yerlar degradatsiyasi kuçayib borayotgan şaroitda qişloq xöjaligini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriş strategik ahamiyatga ega.
COP31 doirasida taqdim etilgan «FOLUR-Uzbekistan» loyihasi tajribasi bu borada amaliy yeçimlarni taklif etadi. Tuproqqa işlov berişni kamaytiriş, No-till texnologiyasini joriy etiş, ekinlarni diversifikatsiya qiliş, fermerlarning bilim va könikmalarini oşiriş orqali qişloq xöjaligi yerlarining unumdorligini saqlaş va iqlim özgarişiga çidamliligini kuçaytiriş mumkin.
Yomğir suvlarini yiğiş, mavsumiy suv zaxiralarini yaratiş va «Ice Stupa» sun’iy muzliklari kabi innovatsion yeçimlar ham suv resurslarini boşqarişda yangi imkoniyatlarni oçmoqda. Bunday yondaşuvlar mahalliy şaroitga moslaştirilgan holda qöllanilsa, qurğoqçil hududlarda suv ta’minotini yaxşilaş va ekotizimlarni tiklaşga xizmat qilişi mumkin.
Şu bilan birga, sanoatni dekarbonizatsiya qiliş ham yaşil iqtisodiyotga ötişning muhim yönalişidir. Xususan, sement işlab çiqarişda energiya samaradorligini oşiriş, muqobil yoqilğidan foydalaniş, resurslarni tejaş va çiqindilarni qayta işlaş texnologiyalarini joriy etiş issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga yordam beradi.
Bu jarayonda davlat siyosati, xususiy investitsiyalar, ilğor texnologiyalar va xalqaro moliyaviy kömakning özaro uyğunligi hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Tajriba, muloqot va yangi taşabbuslar maydoni
Özbekiston milliy pavilyonining COP31 doirasidagi faoliyati mamlakatimizning ekologik va iqlim taşabbuslarini xalqaro jamoatçilikka taqdim etiş bilan birga, amaliy hamkorlikni rivojlantirişga ham xizmat qilmoqda.
«Uzumzor — ötmiş merosi, bugunning yeçimi va kelajak ilhomi» konsepsiyasi asosida taşkil etilgan pavilyonda milliy an’analar zamonaviy ekologik yondaşuvlar bilan uyğunlaştirilgan. «Yaşil makon», «Toza havo», «Çiqindidan xoli hudud», «Biomeros» va «Ekologik madaniyat» kabi taşabbuslar, şuningdek, «Green University» faoliyati orqali mamlakatimizning ustuvor ekologik yönalişlari namoyiş etilmoqda.
Pavilyon doirasida ötkazilayotgan 40 dan ortiq tematik tadbirlar, xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari bilan uçraşuvlar Özbekistonning iqlim kun tartibidagi iştirokini amaliy mazmun bilan boyitmoqda.
Bu muloqotlarning ahamiyati faqat tajriba almaşiş bilan çeklanmaydi. Ular yangi investitsiyalarni jalb etiş, ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqaviy taşabbuslarni ilgari suriş va uzoq muddatli şeriklik aloqalarini şakllantiriş uçun ham muhim imkoniyat yaratadi.
Şu ma’noda, 2027 yilda Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan «Eco Expo Central Asia 2027» xalqaro körgazmasi ham mintaqada ekologik texnologiyalar, investitsiyalar va innovatsion yeçimlarni birlaştiruvçi muhim platformaga aylanişi mumkin.
Umumiy mas’uliyat va amaliy harakat
COP31 doirasida Özbekiston tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar bir muhim haqiqatni körsatmoqda: iqlim özgarişiga qarşi samarali kuraşiş uçun alohida sohalar doirasidagi çoralar yetarli emas. Suv, energetika, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, sanoat, şaharsozlik va ijtimoiy himoya siyosatlari özaro uyğun holda rivojlanişi zarur.
Bunda xalqaro hamkorlik, mintaqaviy birdamlik, ilmiy yondaşuv va moliyaviy resurslarni birlaştiriş muhim örin tutadi. Eng asosiysi, qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oşirilayotgan loyihalarning markazida inson manfaatlari turişi lozim.
Zero, iqlim barqarorligi — bu faqat çiqindilarni kamaytiriş yoki daraxt ekiş emas. Bu aholini toza suv bilan ta’minlaş, salomatlikni muhofaza qiliş, munosib daromad manbalarini yaratiş, tabiiy resurslarni kelajak avlodlar uçun asraş va hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaş demakdir.
Şu nuqtai nazardan, Özbekistonning COP31 doirasidagi iştiroki mamlakatimizning milliy ekologik islohotlarini global va mintaqaviy hamkorlik bilan uyğunlaştirişga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanişi mumkin. Endi asosiy vazifa ilgari surilgan taşabbuslarni aniq loyihalarga aylantiriş, ularning moliyaviy va institutsional asoslarini mustahkamlaş hamda erişiladigan natijalarni aholi hayotida yaqqol namoyon etişdan iborat.
"Yaşil" kelajak öz-özidan şakllanmaydi. U bugungi mas’uliyatli qarorlar, izçil islohotlar va birgalikdagi amaliy harakatlar natijasida barpo etiladi.
Ta’kidlaş joizki, BMTning Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi dasturiga muvofiq, xalqaro anjumanning har bir kuni iqlim kun tartibining muayyan ustuvor yönalişlariga bağişlangan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qişloq xöjaligi va aholi salomatligini muhofaza qiliş, energetika va transport sohalarini dekarbonizatsiya qiliş, aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş va çiqindilar hajmini qisqartiriş, barqaror şaharlar va infratuzilmani şakllantiriş, iqlimni moliyalaştiriş hamda yaşil investitsiyalarni jalb etiş kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Yoşlar salohiyatini oşiriş, ta’lim va ekologik kompetensiyalarni rivojlantiriş, ilm-fan, sanoat va innovatsion texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş, tabiat, biologik xilma-xillik, örmonlar va suv ekotizimlarini muhofaza qiliş, ijtimoiy rivojlaniş, barqaror turizm va adolatli ötiş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan taşqari, mamlakatlarning iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş salohiyatini mustahkamlaş, investitsiyalarni jalb qiliş hamda amaliy ahamiyatga ega iqlim loyihalarini işlab çiqiş va ilgari suriş ham konferensiyaning muhim yönalişlari sirasiga kiradi.
COP31 doirasidagi muhokamalar xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, ekologik loyihalarga investitsiyalar jalb qiliş hamda suvni tejaş, ekotizimlarni tiklaş, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş va barqaror qişloq xöjaligi sohalarida tajriba almaşişga xizmat qiladi.
Muallif: Green University rektori, professor Baxtiyor Pölatov






