“Kelajak so‘z ustasi” respublika ko‘rik-tanloviga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoni asosida Madaniyat vazirligi huzurida “Askiya, qiziqchilik va stendap” ijodiy birlashmasi tashkil etilgan. Shu birlashma respublika bo‘ylab “Kelajak so‘z ustasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlovdan maqsad — askiya, qiziqchilik va stendap yo‘nalishlarida iqtidorli yoshlarni topish, ularning ijodiy faolligini oshirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

🎤 Yo‘nalishlar: askiya, qiziqchilik, stendap

🎓 Kimlar qatnashadi: oliy ta’lim muassasalari talabalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari

📲 Ro‘yxatdan o‘tish (onlayn): Telegram bot — @xandatanlovlarbot yoki xanda.uz platformasi