“YOSHLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI.

  • 09.10.2026
  • 48

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Green University rektori Professor Baxtiyor Pulatov hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida rektor tomonidan universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.


Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.


Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar bilan muloqotni yanada qulay va tezkor tashkil etish maqsadida “@GreenStudentSupportBot” ishga tushirilgani haqida ma’lumot berildi. Mazkur platforma orqali talabalar o‘z taklif, murojaat va tashabbuslarini bevosita rektorga yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning fikrlarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.