GREEN UNIVERSITYDA PLOGGING EKOLOGIK AKSIYASI O‘TKAZILDI.

Green Universityda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash hamda yoshlarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida Plogging ekologik aksiyasi tashkil etildi.


Mazkur aksiya Green University ECO CLUB hamda Toshkent Yashil Maktab Kengashi hamkorligida o‘tkazildi.


Aksiya davomida talabalar va ishtirokchilar universitet hududini chiqindilardan tozalash, ekologik tozalikni targ‘ib qilish hamda tabiatni asrashga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etdilar.