GREEN UNIVERSITYDA ÖZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2027–2050-YILLARGA MÖLJALLANGAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANIŞ VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILIŞ MILLIY STRATEGIYASI MUHOKAMA QILINDI.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University)da Özbekiston Respublikasining 2027–2050-yillarga möljallangan suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça Milliy strategiyasi loyihasi taqdimoti hamda muhokamasi bölib ötdi.


Mazkur strategiya mamlakatning uzoq muddatli ekologik barqarorligini ta’minlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, ekologik xavfsizlikni mustahkamlaş hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilaşga qaratilgan.


Milliy strategiya loyihasi Moskva davlat universiteti Strategik tadqiqotlar markazi rahbari, akademik Vladimir Kvint boşçiligidagi professor-öqituvçilar, olimlar va xalqaro ekspertlardan iborat ilmiy guruh tomonidan işlab çiqilgan. Uni tayyorlaş jarayonida strategik rejalaştiriş hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi mutaxassislarning bilim va tajribasidan foydalanilgan.


Loyiha doirasida ekologik barqarorlikning muhim yönalişlaridan biri sifatida “Inson ekologiyasi” strategik konturi alohida körib çiqildi. Uşbu yönalişda iqlim özgarişi şaroitida aholi salomatligi va mehnat xavfsizligiga ta’sir etuvçi ekologik omillar, jumladan, ekstremal issiq harorat bilan boğliq xavflar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilindi.


Taqdimot davomida strategiyani işlab çiqiş metodologiyasi, strategik ustuvorliklarni belgilaş, uzoq muddatli maqsad va vazifalarni şakllantiriş hamda ularni amalga oşiriş mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.