GREEN UNIVERSITY KENGAŞINING NAVBATDAGI YIĞILIŞI BÖLIB ÖTDI.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universitetida (Green University) Universitet Kengaşining 3-son yiğilişi bölib ötdi.


Yiğiliş kun tartibidan universitet faoliyatini samarali taşkil etiş, ta’lim sifatini oşiriş, içki boşqaruv tizimini mustahkamlaş hamda taşkiliy-ma’muriy jarayonlarni takomillaştirişga qaratilgan qator muhim masalalar örin oldi.


Xususan, universitet va uning tizim taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş hamda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, talabalar bilan işlaş samaradorligini oşiriş, ular örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.


Şuningdek, “Yilning eng faol talabasi” körik-tanlovining universitet bosqiçini taşkil etiş, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini belgilaş, universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, mehnat muhofazasi va yonğin xavfsizligini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Yiğiliş davomida favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş böyiça amaliy maşğulotlarni taşkil etiş, universitet infratuzilmasidan samarali foydalaniş hamda axborot xavfsizligini kuçaytiriş masalalari ham körib çiqildi.


Kun tartibidagi masalalar yuzasidan universitetning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens-nazorat” tizimini boşqariş bölimi, Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi, Dekan ofisi, kafedralar, Xalqaro hamkorlik bölimi, Kadrlar bölimi, Axborot xizmati, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi, Birinçi bölim, Xöjalik bölimi hamda boşqa mas’ul tarkibiy bölinmalar rahbarlarining hisobot va axborotlari tinglandi.


Yiğiliş yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, universitet faoliyatini yanada takomillaştiriş, tarkibiy bölinmalar iş samaradorligini oşiriş hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş böyiça ustuvor yönalişlar belgilab olindi.