KADRLAR TAYYORLAŞ MASALASI MUHOKAMA MARKAZIDA.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi tomonidan Iqlim özgarişi oqibatlarini kamaytiriş va “yaşil” iqtisodiyotga ötişni jadallaştiriş masalalari böyiça komissiya bilan hamkorlikda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşirişning dolzarb masalalariga bağişlangan uçraşuv ötkazildi.


Mazkur uçraşuvda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) prorektori Atabek Babadjanov tomonidan Green University hamda 14 ta yaşil texnikumlarda amalga oşirilayotgan işlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan ma’ruza qilindi.


Tadbirda deputatlar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, soha mutaxassislari, nodavlat notijorat taşkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.


Muhokamalar davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida malakali kadrlar tayyorlaş, zamonaviy bilim va könikmalarga ega mutaxassislarni yetiştiriş, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyğunlaştiriş hamda dual ta’lim tizimini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.