“O‘zbekiston – Niderlandiya” do‘stlik jamiyati tashkil etildi
- 25.06.2026
- 40
Bugun, 24-iyun kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da “O‘zbekiston – Niderlandiya” do‘stlik jamiyatini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarning I ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda jamiyatni tashkil etish masalalari, uning ustavini tasdiqlash hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, xalq diplomatiyasini mustahkamlash, ilmiy-ta’limiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida Green University rektori B.A. Pulatov “O‘zbekiston – Niderlandiya” do‘stlik jamiyati raisi etib saylandi. Shuningdek, jamiyatning ijrochi direktori etib Green University Yurist-konsultanti A. Yusufjonov tayinlandi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston – Niderlandiya” do‘stlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, jamiyat raisi, boshqaruv va nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylandi.
Mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish hamda barqaror aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
English
Русский
O'zbek





